AsosiySport

Nodirbek Abdusattorov yana yirik turnirda qatnashadi

'Nodirbek Abdusattorov yana yirik turnirda qatnashadi'ning rasmi

Joriy yilning 19 fevral kunidan Chess24.com sayti orqali “Airthings Masters” turniri boshlanadi.

Mukofot jamg`armasi 150 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqa o`z atrofiga dunyoning eng kuchli shaxmat ustalarini jamlagan. Ular orasida hamyurtimiz, rapid yo`nalishi bo`yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham bor.

Musobaqa rapid yo`nalishida o`tkazilib, dastlab ishtirokchilar 15 turdan iborat saralash bosqichida o`zaro kuch sinashadi. Shaxmatchilar to`plagan har bir ochkosi uchun 250 dollardan mukofot olishadi. Saralash bosqichi yakuniga ko`ra eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar shaxmatchi esa pley-off bosqichida g`oliblik uchun kurash olib boradi. Bu bosqichda har bir o`yin muhim ahamiyatga ega va yutqazgan shaxmatchi uchun musobaqa tugaydi.

Qur`a natijasiga ko`ra saralash bahslarida Nodirbek Abdusattorov kimlarga qarshi dona surishi ham ma`lum bo`ldi. Unga ko`ra, 1-turda hamyurtimiz niderlandiyalik mashhur shaxmat ustasi Anish Giri bilan kuch sinashsa, ikkinchi raundda jahon tojdori, ushbu musobaqaning amaldagi g`olibi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi.

    Boshqa yangiliklar