Rossiya Davlat Dumasi kecha, 15 fevral kuni bo`lib o`tgan yig`ilishda ko`pchilik ovoz bilan qo`llab-quvvatlagan rezolyusiyaga ko`ra, Kommunistik partiya fraksiyasi tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olish to`g`risida taklif qilingan palata murojaati loyihasi zudlik bilan yuboriladi.
Davlat Dumasi raisi ta`kidlashicha, prezidentga murojaat yuboriladi. Deputatlarning fikricha, DXR va LXRning tan olinishi xavfsizlik kafolatlarini ta`minlash va respublikalar aholisini tashqi tahdidlardan himoya qilish, shuningdek, BMT Nizomining maqsad va tamoyillariga muvofiq xalqaro tinchlik va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun asos yaratadi.
Shundan so`ng har ikki davlatni xalqaro tan olish jarayonini boshlaydi.






