AsosiySport

EChL. "Liverpul" mehmonda "Inter"dan ustun keldi, "Bavariya" esa durang qayd etdi

'EChL. "Liverpul" mehmonda "Inter"dan ustun keldi, "Bavariya" esa durang qayd etdi'ning rasmi

Evropa Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o`rin olgan yana ikki uchrashuv o`z poyoniga etdi. 

"Liverpul" Milan shahrida "Inter"dan ustun keldi, - 2:0. Firmino va Saloh tomonidan kiritilgan gollar "qizillar"ga g`alaba taqdim qildi. Shu tariqa, "Liverpul" javob bellashuvi oldidan o`z imkoniyatlarini yaxshilab oldi. 

"Zalsburg" maydoniga safar uyushtirgan "Bavariya" esa kutilmaganda 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. Barcha masala Myunxendagi javob bahsida aniq bo`ladi. 

EChL, 1/8 final

"Inter" - "Liverpul" - 0:2

Gollar: 0:1 – 75 Firmino, 0:2 – 83 Saloh.

"Zalsburg" - "Bavariya" - 1:1

Gollar: 1:0 – 21 Adamu, 1:1 – 90 Koman.

    Boshqa yangiliklar