AsosiySport

O`zbekiston MOQ raisi lavozimidan ozod etildi

'O`zbekiston MOQ raisi lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi Ijroqo`mining navbatdan tashqari yig`ilishi bo`lib o`tdi. 

Rasmiy xabarga ko`ra, kun tartibidan o`rin olgan asosiy masala 2019 yilning may oyidan beri MOQ raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonovning o`z xohishiga ko`ra yozgan arizasini ko`rib chiqish edi.  

R.Shoabdurahmonovning arizasi Ijroqo`m a`zolari tomonidan qabul qilindi.  

"Milliy Olimpiya qo`mitasiga yangi rahbar MOQning navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi yig`ilishda saylanadi",–deyiladi MOQ xabarida.

    Boshqa yangiliklar