O`zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov O`zbekiston mezbonligida o`tuvchi yirik musobaqalar haqida gapirib o`tdi. Bu haqda Tribuna ma`lum qildi.
— 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionatining mezbonligi O`zbekistonga berilishidan ko`p narsa yutamiz. Misol uchun, bitta guruh o`yinlarini Qarshidagi markaziy stadionda o`tkazishni rejalashtiryapmiz. Bundan Qashqadaryo futbolining xalqaro musobaqalarni qabul qilish tajribasi, infratuzilmasini shakllantirib olamiz.
2023 yilgi Osiyo Kubogi saralashining O`zbekiston ishtirokidagi guruhi mezbonligi ham o`zimizga nasib etdi. Iyun oyida bo`lib o`tadigan milliy jamoa ishtirokidagi mana shu 3ta rasmiy o`yinni Namanganda o`tkazishni rejalashtiryapmiz, — dedi Ermatov.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy jamoasining saralash uchrashuvlari 8, 11 va 14 iyun sanalarida bo`lib o`tadi.






