Badiy gimnastika bo`yicha Gran-pri doirasida bo`lib o`tgan xalqaro turnirda O`zbekistonlik gimnastikachilar ham o`z imkoniyatlarini sinovdan o`tkazishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo`mitasining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, ushbu nufuzli musobaqada jahon miqyosidagi kuchli raqiblar bilan bir qatorda, O`zbekiston terma jamoasi vakili Taxmina Ikromova ham muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
Musobaqa yakunida Taxmina Ikromova shohsupaning uchinchi pog`onasiga ko`tarilishga muvaffaq bo`lgan.
Birinchi va ikkinchi o`rinlarni mos ravishda musobaqa mezbonlari Irina Annenkova va Alina Perfileva egalladilar. Yana bir yurtdoshimiz Yosmina Rahimova esa 6-o`ringa sazovor bo`ldi.






