Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatida suv toshqinlari va ko`chkilar oqibatida kamida 104 kishi halok bo`lgan. Bu haqda Globo xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yuzaga kelgan kuchli suv toshqinlari va ko`chkilar oqibatida ko`plab odamlar bedarak yo`qolgan. k
"Biz nima sodir bo`lganining to`liq ko`lamini hali bilmaymiz. Bu og`ir kun edi", dedi Petropolis meri Rubens Bontempou. Petropolisda suv toshqinlari oqibatida uylar va mashinalarni vayron qilgan, yomon ob-havo qurbonlarining aniq soni haligacha ma`lum emas.
Rio-de-Janeyro prokurorlari chorshanba kuni kechqurun 35 kishining qaerda ekani hali aniqlanmaganini aytdi.






