AsosiySport

Filippo Indzagi autsayder jamoani boshqaradi

Italiya terma jamoasi hamda “Milan” klubining sobiq hujumchisi va murabbiyi Fi...

Italiya terma jamoasi hamda “Milan” klubining sobiq hujumchisi va murabbiyi Filippo Indzagi “A” Seriyani tark etib, “B” Seriyaga ravona bo`lgan “Frozinone” jamoasini boshqarishi mumkin.

Football Italia nashrining ma`lum qilishicha, Indzagi “Frozinone” prezidenti Maurisio Stirpe bilan uchrashgan va tomonlar o`zaro kelishuvga erishgan. Yaqin kunlarda mutaxassis klubga bosh murabbiy etib tayinlanadi.

Ma`lumot uchun, Indzagi 2014/15 yilgi mavsumda “Milan”ni boshqargan va jamoa o`shanda 10-o`rinni qo`lga kiritib, evrokuboklarda ishtirok eta olmagandi. 2015 yilning yozida u o`z lavozimidan ozod etildi.


 

Boshqa yangiliklar