AsosiyDunyo

Turkiyadagi ikki qavatli Chanoqqal`a osma ko`prigi bitay deb qoldi

'Turkiyadagi ikki qavatli Chanoqqal`a osma ko`prigi bitay deb qoldi'ning rasmi

 Turkiya Transport va infratuzilma vazirligining mega loyihalaridan biri bo`lgan poydevori 2017 yil 18 mart kuni qo`yilgan “1915 Chanakkale osma ko`prigi” nihoyasiga etay deb qoldi.

«Chanoqqal`a bo`g`ozining marjoni» deb ta`riflangan loyiha uchun Osiyo tomonidagi Lapseki Shekerkaya va Evropa tomonidagi Gelibolu Kutlusedagi  qurilish maydonlarida 559 nafar muhandis, 4 ming 62 xodim va 550 qurilish mashinasi hamda Transport va infratuzilma vazirligi Avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi mutasaddilari ishlamoqda.

Loyiha doirasida osma ko`prik ikkita temir-beton yo`lak, 6 ta erosti o`tkazgich ko`prigi, 6 ta gidroko`prik, 43 ta  erusti o`tish yo`li, 40 ta erosti o`tish yo`lagi, 236 ta turli o`lchamdagi suv o`tkazgichlar, 12 ta chorrahalar, 4 ta avtomobil yo`llariga xizmat ko`rsatish ob`ektlari, 2 ta texnik xizmat ko`rsatish markazlari va 5 ta yo`l haqi yig`ish stansiyasi qurildi.

Osma ko`prik va avtomagistral yo`nalishida qurilish ishlari davom etmoqda. 1915 Chanoqqal`a ko`prigi minora kessonlari  joylashgan joyda dengiz tubini chuqurlashtirish ishlari yakunlandi. Minora kesson poydevorlari joylashgan hududda dengiz tubida tuproqni yaxshilash uchun diametri 2,5 metr bo`lgan 368 ta po`lat qoziqlar o`rnatildi. Bularning 165 tasi Osiyo minorasida va 203 tasi Evropa tomoniga o`rnatildi.

Xususiyatlari tufayli «ramzlar ko`prigi» sifatida tanilgan va muhandislik detallari bilan ajralib turadigan hamda  2023 metrlik dunyoning eng uzun ko`prigi – 1915 Chanoqqal`a ko`prik loyihasi Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan ishlab chiqilgan.

Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismail o`g`lining so`zlariga ko`ra Chanoqqal`a  marjonini olishiga sanoqli kunlar qoldi.

«Loyiha tugagach  2000 metrlik o`rta masofali ikki qavatli qurilgan ushbu ko`prik dunyodagi birinchi ko`prik o`laroq tarixga kiradi» dedi vazir.

    Boshqa yangiliklar