AsosiySport

Obidxon No`monov Tel-Aviv “Katta dubulg`a” turnirining vise-chempioni bo`ldi

'Obidxon No`monov Tel-Aviv “Katta dubulg`a” turnirining vise-chempioni bo`ldi'ning rasmi

Isroil poytaxtida dzyudo bo`yicha “Katta dubulg`a” turkumiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi kun bellashuvlari yakuniga etmoqda. Quvonarlisi, unda O`zbekiston terma jamoasi vakili Obidxon No`monov shohsupaga ko`tarildi.

-73 kg vazn toifasida ishtirok etgan dzyudochimiz finalda ozarbayjonlik Hidoyat Heydarovga qo`shimcha daqiqalarda imkoniyatni boy berib qo`ydi va kumush medal bilan musobaqani yakunladi. Bu No`monov uchun “Katta dubulg`a” turnirlaridagi ilk medal hisoblanadi.

Afsuski, bugun ishtirok etgan o`rta vazn toifasidagi hamyurtlarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi. Ertaga og`ir vazn toifasidagi polvonlarimiz tatamiga chiqishadi.

    Boshqa yangiliklar