Rossiya davlat dumasi deputati Gennadiy Zyuganovning ma`lum qilishicha, mamlakat prezidenti Vladimir Putin 20 fevral kuni Donbass bo`yicha muhim qaror qabul qilishi mumkin.
Kommunistik partiya rahbari barcha rossiyaliklarni 20 fevral, dushanba kuni vaziyatni diqqat bilan kuzatishga va yangiliklarni kutishga chaqirdi.
Avvalroq, Duma Putindan Donbassni tan olishni so`rab, rasmiy so`rov yuborgani, Putin bu murojaatni ko`rib chiqish uchun qabul qilgan edi.






