2022 yil 20 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili ma`lumot beri.
Xabarda aytilishicha, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saudga tabrik yo`llagan.
Maktubda O`zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlari so`nggi yillarda ijobiy sur`at kasb etib, amaliy mazmunga ega bo`layotgani qayd etilgan. O`zaro aloqa va almashinuvlarning izchil davom ettirilishi natijasida hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarildi.
O`zbekiston tomoni Saudiya Arabistoni bilan barcha sohalarda o`zaro manfaatli konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi bildiriladi.
Ma`lumot o`rnida:: 2023 yilda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasini Samarqand shahrida o`tkazish bo`yicha O`zbekiston tashabbusini Saudiya Arabistoni tomoni qo`llab-quvvatlagan.






