Bugun, 20 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi.
Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saudga tabrik yo`lladi.
Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, tabrikda O`zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlari so`nggi yillarda ijobiy sur`at kasb etib, amaliy mazmunga ega bo`layotgani qayd etilgan.
Shuningdek, O`zbekiston tomoni Saudiya Arabistoni bilan barcha sohalarda o`zaro manfaatli konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi bildirgani aytiladi.
"Shuni alohida qayd etish kerakki, 2023 yilda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasini Samarqand shahrida o`tkazish bo`yicha O`zbekiston tashabbusini Saudiya Arabistoni tomoni qo`llab-quvvatlagan",-deyiladi xabarda.






