AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`tgan haftada yuz bergan yong`inlarda 3 kishi halok bo`ldi

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 207 ta yong`inlar qayd etilgan. Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 8 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 3 nafar fuqaro halok bo`lgan. Ushbu yong`inlarda 973 mln. so`mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 988 mln. so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi fuqaro E.Abdullaevning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 90 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. 

Farg`ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro M.Raximovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 80 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. 

Xorazm viloyati Xiva tumanida yashovchi fuqaro M.Alievning molxonasida yosh bolalarning sho`xligi (olov bilan o`ynashi) oqibatida yong`in sodir bo`lib, molxonaning 60 kv. metr maydonda hamda qo`shnisining molxonasini 20 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong`in oqibatida uy egasining nabirasi kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

 

Boshqa yangiliklar