AsosiySport

Rossiya EChL finalidan mahrum qilinishi kutilmoqda

'Rossiya EChL finalidan mahrum qilinishi kutilmoqda'ning rasmi

Chempionlar Ligasi final uchrashuvi 28 may kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o`tkazilinishi lozim edi.

"Associated Press" axborot agentligi tarqatgan xabarga ko`ra, UEFA bu huquqni Rossiyadan olib qo`ymoqchi. Sabab sifatida Rossiya va Ukraina o`rtasida kechayotgan mojaro ko`rsatilmoqda. Yakuni qaror tashkilot ijroiya qo`mitasining 25 fevral kuni bo`lib o`tadigan favqulodda yig`ilishida ma`lum qilinadi.

23 fevral kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Sankt-Peterburgni finaldan mahrum qilishga chaqirgan edi. Eslatib o`tamiz, EChL hal qiluvchi bellashuvi 28 may kuni "Gazprom arena"da bo`lib o`tadi. Bu stadion 2008 yilgi "Chelsi" va "Manchester Yunayted" o`rtasidagi finalga ham mezbonlik qilgan.

    Boshqa yangiliklar