AsosiySport

Osiyo chempionati. O`zbekistonlik qilichbozlar dastlabki kunni to`rtta medal bilan yakunladi

'Osiyo chempionati. O`zbekistonlik qilichbozlar dastlabki kunni to`rtta medal bilan yakunladi'ning rasmi

Toshkentda qilichbozlik bo`yicha o`tkazilayotgan o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kun bellashuvlari tugadi. Unda o`smir qizlar o`rtasida rapira, yigitlar o`rtasida shpaga hamda sablya qurollarida g`olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda

Ma`lum qilganimizdek, ushbu dasturlarda 4 nafar vakilimiz finalgacha etib bordi. Dastlab Marjona Usmonova tailandlik raqibasini ishonchli hisobda mag`lub etdi. Shpaga bahsida esa hamyurtimiz Meyirxan Timurov qozog`istonlik raqibiga 1 ochko farqi bilan imkoniyatni boy berib qo`ydi. Sablyadagi ikki hamyurtimizning duelida Abdazovning qo`li baland keldi.

Rapira, qizlar:

1. Marjona Usmonova (O`zbekiston)

2. Chayanutpat Shinnakerdchoke (Tailand)

3. Nok Chan (Gonkong)

3. Yi Lau (Gonkong)

Shpaga, yigitlar:

1. Bogdan Lukin (Qozog`iston)

2. Meyirxan Timurov (O`zbekiston)

3. Gandul Batbyamba (Mo`g`uliston)

3. Julien Lim (Gonkong)

Sablya, yigitlar:

1. Islambek Abdazov (O`zbekiston)

2. Allaniyaz Eshchanov (O`zbekiston)

3. Hamad Al Shamlan (Quvayt)

3. Nima Og`oiy (Eron)

    Boshqa yangiliklar