Bugun, 25 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Helga Shmid bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Suhbat davomida aniq loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali O`zbekiston bilan YXHT o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko`rib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga a`zo bo`lganligining 30 yilligi (1992-yil 26-fevral) munosabati bilan o`zaro tabriklar almashdilar.






