UEFAning Nondagi shtab-kvartirasida Konferensiyalar ligasi 1/8 final bosqichiga qur`a tashlandi.
Unga ko`ra, hamyurtimiz Eldor Shomurodov to`p surayotgan "Roma" Niderlandiyaning "Vitess" klubiga qarshi maydonga tushadi. "Lester" esa Fransiyaning "Renn" klubi bilan bellashadi.
1/8 final juftiklari:
"Marsel" (Fransiya) – "Bazel" (Shveysariya)
«Lester» (Angliya) – «Renn» (Fransiya)
PAOK (Gresiya) – «Gent» (Belgiya)
«Vitess» (Niderlandiya) – «Roma» (Italiya)
PSV (Niderlandiya) – «Kopenhagen» (Daniya)
«Slaviya» (Chexiya) – LASK (Avstriya)
«Bude-Glimt» (Norvegiya) – AZ (Niderlandiya)
«Partizan» (Serbiya) – «Feyenoord» (Niderlandiya)
Ma`lumot uchun, dastlabki uchrashuvlar 10 mart kuni o`tsa, javob bahslari 17 mart kuni belgilangan.






