Rossiyaning Ukrainaga hujumi va u bilan bog`liq tashviqot urushi tufayli 26-fevral, shanba kuni YouTube bir qancha Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari, jumladan RT uchun video platformaning daromad olish imkoniyatlarini cheklab qo`ydi.
“Ukrainadagi favqulodda vaziyatlarni hisobga olgan holda... biz bir qator kanallari, jumladan, yaqinda sanksiyalar bilan bog`liq bo`lgan bir qancha rus kanallarini monetizasiya qilishni to`xtatmoqdamiz”, — deyiladi Alphabet tizimidagi YouTube bayonotida.






