1

Google va Levi’s "aqlli" kurtka yaratdi

Hi-tech 02.06.2016, 13:04
Google va Levi’s "aqlli" kurtka yaratdi

Google qidiruv tizimi Levi’s brendi bilan hamkorlikda dunyodagi ilk “aqlli” kurtkani ishlab chiqishdi. Mazkur kurtka mustahkam denim matosidan tikildi.   

Kurtka haqiqiy ma`noda yangi kashfiyot bo`ldi. Uning “aqlli” kurtka deb nomlanishi ham bejizga emas. Kurtkaning englariga maxsus mikrosensor zarralar bilan ta`minlangan. Mikrosensorlar esa kurtkani kiygan kishining haqiqiy ma`nodagi dastyori bo`la oldai. Sababi, ular qo`ng`iroqni qabul qilish, pleerni boshqarish kabi xususiyatlarga ega. 

Mazkur loyiha “Google Jackard» nomini oldi. U birinchi marta o`tgan yili namoyish etilgan edi. Kurtkani yaratish va mukammallashtirish ustida maxsus guruh ish olib bordi. Mazkur guruh kompnaniyaga uzviy bog`liq bo`lgan va «Advanced Technology and Project» nomini olgan innovasion texnologiyalarga ixtisoslashgan. 

Endilikda jahondagi eng ommabop qidiruv tizimi Google o`zining jinsi ishlab chiqarish bo`yicha etakchi kompnaiya Levi’s bilan hamkorlikdagi yangi kashfiyoti bilan barchani xursand qiladi.   

Kurtka tashqi ko`rinishi bilan boshqa an`anaviy kurtkalardan deyarli farq qilmaydi. U velosport ishqibozlariga mo`ljallangan. Biroq, ularning oddiy kurtkalardan farqi shundaki, uning manjetlariga maxsus mikrosensorlar tikib chiqilgan. 

Oddiy jinsi matosi inson xatti-harakatlariga javob bera oluvchi interaktiv matoga aylandi. Kurtka smartofn bilan Bluetooth va maxsus mobil dastur vositasida bog`lanadi.  

Uni kiygan sportchi velosiped haydab ketayotganida kirish qo`ng`irog`iga javob berish uchun cho`ntagini kovlamaydi. Kiruvchi sms-xabarlarni ham o`qish unchalik qiyin emas. Kurtkani kiygan kishi uning manjetiga qo`l tekkizishining o`zi etarli. 

Eslatib o`tamiz, Google va  Levi’s hamkorligidagi “aqlli” kurtka 2017 yilning bahorida sotuvga chiqariladi. Kurtkaning narxi esa hozircha noma`lum.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1