Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko`tarish va ayollarning jamiyatdagi o`rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo`ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
Yig`ilish davomida ilgari surilgan tashabbuslar va vazifalar ijrosini tashkil etishga 15 trillion so`mdan ziyod mablag` yo`naltirilishi ma`lum qilindi.
Bu mablag`lardan samarali foydalanish, berilgan topshiriqlar ijrosini bajarish maqsadida ayollar masalalari bo`yicha Oliy Majlis, Hukumat tarkibidagi barcha komissiyalar birlashtirilib, Senat Raisi boshchiligida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo`yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi. Yangi qo`mita raisi komissiya raisiga o`rinbosar bo`ladi.
Xuddi shunday, komissiyalar mahalliy kengashlarda ham tashkil etiladi.
Shuningdek, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, barcha mehnat jamoalarida Ayollar kengashlari tuziladi.
Ushbu Kengashlar ayollarning muammolari, ularning dardu-tashvishini eshitib, ularni hal qilish bo`yicha korxona rahbari, Respublika va mahalliy komissiyalar oldiga aniq masalalarni qo`yadi.






