AsosiySport

Ispaniyalik Anxel Lopez "Surxon" bosh murabbiyi etib tayinlandi

'Ispaniyalik Anxel Lopez "Surxon" bosh murabbiyi etib tayinlandi'ning rasmi

Termizning "Surxon" jamoasi ispaniyalik  tajribali mutaxassis Anxel Lopez bilan 1 yillik kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda

Ma`lum bo`lishicha, Anxel Lopez 1983 yil Ispaniyaning Madrid shahrida tavallud topgan.  

2007-2013 “Getafe” klubida yordamchi murabbiy, 2013-2014 Ruminiyaning “Petropul” jamoasida bosh murabbiy yordamchisi, 2014-2015 yillari yana La Ligaga qaytib, o`sha “Getafe”da yordamchi murabbiy bo`lgan. 2015-2016 yillarda esa u Xitoyning “Guanchjou Fuli” klubida ishladi. Bir yildan so`ng, BAAning “Al-Shabab” klubida faoliyat olib bordi. 2017-2018 yillarda Ispaniyaning “Rekreativo” jamoasiga bosh murabbiylik qilgan. 2018-2019 yillar davomida Lopes Ekvatorial Gvineya terma jamoasini boshqardi. 2020 yilda esa Ekvador chempionatida “Delfin” klubiga ustozlik qildi. O`sha yili Gresiya Superligasida “Volos” jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. “Surxon”ga kelgunga qadar esa Gresiyaning boshqa bir jamoasi – “Atromitos” klubini boshqarib kelgan. 

    Boshqa yangiliklar