AsosiySiyosat

Putin Ukrainani hech qanday sharoitda NATOga qo`shilishiga yo`l qo`ymasdi — Pentagon sobiq amaldagori

'Putin Ukrainani hech qanday sharoitda NATOga qo`shilishiga yo`l qo`ymasdi — Pentagon sobiq amaldagori'ning rasmi

Pentagon sobiq katta maslahatchisi Duglas Makgregor Fox News'ga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainadagi operasiyasi sabablarini ma`lum qildi. Uning so`zlariga ko`ra, Rossiya va shaxsan Putinni qoralashni to`xtatish lozim. Bu haqda Zamon xabar bermoqda. 

"U (Putin) AQSh kuchlari va raketalarini o`z chegaralari yaqinida joylashtirilishiga qarab turmasligini aytgandi. Biz ham Kubada rus qo`shinlari yoki raketalari joylashtirilishiga chidab tura olmaymiz. Ammo inkor qilishda davom etdik va u nihoyat gapdan ishga o`tdi. Putin Ukrainani hech qanday sharoitda NATOga qo`shilishiga yo`l qo`ymasdi", — degan Makgregor.

Shuningdek, sobiq harbiy nizoga aralashmaslik va qurol jo`natishni to`xtatish zarurligini qayd etgan. Makgregorning so`zlariga ko`ra, Vashington bir tomondan qo`shin jo`natmasligini aytayotgan bo`lsa, boshqa tomondan ukrainaliklarni shunchaki xalok bo`lishga chaqirmoqda. 

"Agar bu to`xtatilmasa, biz hozirgacha misli ko`rilmagan gumanitar halokatni vujudga keltiramiz", — deb ogohlantirgan sobiq harbiy.

    Boshqa yangiliklar