AsosiySport

Abramovich "Chelsi"ni sotib yuborishi mumkin

'Abramovich "Chelsi"ni sotib yuborishi mumkin'ning rasmi

Rossiyalik milliarder Roman Abramovich shu hafta yakuniga qadar "Chelsi"ni sotib yuborishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Britaniyalik deputatlar unga klubni sotib yuborishni taklif qilmoqda. Hozirdan "Chelsi"ni sotib olish bo`yicha uchta biznesmen tayyor turibdi va ular istalgan vaqtda Abramovich bilan muzokaralarga kirishi mumkin. O`z navbatida Abramovich ham unga nisbatan qo`yilgan sanksiyalar tufayli jamoani birinchi marotaba sotib yuborishni o`ylashi mumkin. 

Avvalroq Abramovich "Chelsi" bo`yicha taklif qilingan 2,2 milliard funt steringni rad etgan hamda jamoani sotmasligini ma`lum qilgan edi. 

"Chelsi" ayni vaqtda rossiyalik oligarxdan 1,51 milliard funt sterling qarzdor.  

Ma`lumot uchun, Roman Abramovich 2003 yildan buyon klub xo`jayini hisoblanadi. Ortda qolgan vaqt davomida jamoa 21 marotaba jamoaviy sovrinlarga ega bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar