AsosiySport

Boks: bugun o`smirlar va yoshlar o`rtasida Osiyo chempionati boshlanadi

'Boks: bugun o`smirlar va yoshlar o`rtasida Osiyo chempionati boshlanadi'ning rasmi

Bugun Iordaniya qirolligi poytaxti Amman shahrida boks bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida Osiyo chempionatiga start beriladi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi. 

Mazkur Osiyo chempionatida qit`amizning 21 mamlakatidan jami 352 nafar bokschi bahslarda ishtirok etishi ma`lum qilindi. Jumladan, O`zbekiston sharafini o`smirlar o`rtasidagi janglarda 25 nafar, yoshlar o`rtasida esa 24 nafar, jami 49 nafar sportchimiz himoya qiladi.

Musobaqa o`smirlar o`rtasida 2006-2007 yillarda tug`ilganlar, yoshlar o`rtasida esa 2004-2005 yillarda tavallud topgan bokschilar o`rtasida tashkil etilmoqda.

Bugun, 2 mart kuni musobaqaning birinchi kun janglariga start beriladi. Unda uch nafar bokschimiz ringga ko`tariladi.

Janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar