2022 yil 2 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov joriy yilning 3-4 mart kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan “BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo`yicha qo`shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasidagi mintaqaviy hamkorlik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O`zbekistonga kelgan BMT Bosh kotibi o`rinbosari – BMTning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov bilan uchrashdi. Bu haqda O`zbekiston TIV xabar bergan.
O`zbekiston tomonining tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 4 ta rezolyusiyasi qabul qilindi. O`tgan yili O`zbekiston ilk bor Inson huquqlari bo`yicha Kengashga a`zo bo`ldi, unda mamlakatimiz vakili 2022 yilga rais o`rinbosari etib tayinlandi.
Tomonlar, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo bo`lganining 30 yilligi (1992-yil 2-mart) munosabati bilan o`zaro tabriklar almashdilar.






