O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan 3-4 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo`ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Bo`lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O`zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari o`rin olgan.
Eng avvalo, savdo, investisiyalar, sanoat kooperasiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalarida amaliy hamkorlik bo`yicha qo`shma loyihalarni amalga oshirishga, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalariga alohida e`tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida qo`shma deklarasiya va qator ikki tomonlama hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Pokiston Prezidenti Orif Alviy, ushbu mamlakat idoralari va etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashishi ham ko`zda tutilmoqda.






