Kievda elchixonalari bo`lgan ko`plab davlatlar o`z idoralarini Lvov shahriga ko`chirdilar. O`zbekiston ham shunday yo`l tutishni rejalashtirganmi?
Ushbu savolga O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusup Kabuljanov javob berdi:
— Ayni paytda bizning asosiy ustuvor vazifamiz Ukrainadagi mavjud og`ir vaziyatni inobatga olgan holda barcha O`zbekiston fuqarolarini xavfsiz evakuasiya qilishni ta`minlashdir. Elchixonaning boshqa hududga ko`chirilishi bu jarayonlar samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi. Shu nuqtai nazardan hozirda Elchixonamizni Kievdan ko`chirish masalasi ko`rib chiqilmayapti.






