Rossiya va Belarus atletlariga sanksiyalar qo`llanishda davom etmoqda.
Xalqaro paralimpiya qo`mitasi rasmiy sayti — Paralympic.org xabariga ko`ra, qo`mita rahbarlarining bugun, 3 mart tongida o`tkazgan yig`ilishida ushbu qarorga kelingan. Juda ko`plab mamlakatlar, shu jumladan, Kanada paralimpiya qo`mitasi rossiyalik va belaruslik sportchilar bilan bitta musobaqada ishtirok etmasliklarini ma`lum qilgan. Bu haqida XPQ prezidenti Endryu Parsons quyidagicha fikr bildirdi.
«Xalqaro paralimpiya qo`mitasi kengashi urush bilan bog`liq voqealar sport dunyosiga ta`sir etishini, ushbu muammolarni sportga aralashtirishga qarshi. Biroq ayni paytda urush bilan bog`liq holat Paralimpiada ishtirokchilari orasida kelishmovchilik keltirib chiqarmoqda va ko`p mamlakat vakillari Rossiya va Belarus atletlari bilan musobaqalarga kirishishni istamayapti. Biz XPQ a`zolari fikrini hurmat qilamiz», — degan Parsons.
Avvalroq, rossiyalik va belaruslik sportchilar paralimpiya qo`mitasi bayrog`i ostida neytral atletlar sifatida Pekindagi musobaqada ishtirok etishiga ruxsat berilishi ma`lum qilingan edi.