AsosiySiyosat

Talabalarning oliygohlar hududidagi loyihalari uchun kredit resurslari ajratiladi

'Talabalarning oliygohlar hududidagi loyihalari uchun kredit resurslari ajratiladi'ning rasmi

Prezident raisligida bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida talabalar bandligini ta`minlashni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash uchun qanday shart-sharoitlar yaratilishi ma`lum qilindi. Unga ko`ra:

- OTMlar hududida pullik o`quv kurslari, sport to`garaklari va boshqa xizmatlarni tashkil etgan talabalar daromad solig`idan ozod qilinadi;

- talabalarning oliygohlar hududidagi loyihalari uchun kredit resurslari ajratiladi;

- rektorlar bir oy muddatda o`z hududida talabalar bo`sh vaqtida ishlab, daromad topishi uchun bittadan kovorking markazini tashkil etadi.

Rektorlar oldiga oliygohlardagi boshqaruv, texnik, xizmat ko`rsatuvchi va o`quv-yordamchi lavozimlari bo`yicha mavjud vakant joylarga 3 mingdan ziyod talabani ishga olish vazifasi qo`yildi.

Misol uchun, Toshkent tibbiyot akademiyasida 70 nafar talaba ish yurituvchi, kafedra laboranti, kutubxonachi, omborchi kabi lavozimlarda ishlamoqda.

Hozir oliygohlardagi ko`p lavozimlarga oliy ma`lumot bo`lishi talab etiladi. Shu bois, istisno tariqasida, rektorlarga o`z tizimidagi lavozimlarga talabani bilim va salohiyatidan kelib chiqib ishga joylashtirishga ruxsat etiladi.

    Boshqa yangiliklar