AsosiySiyosat

Bir oy ichida o`zgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi — Prezident.

'Bir oy ichida o`zgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi — Prezident.'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev raisligida OTMlar talabalari ishlab, daromad topishlari uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratish. mavzusida bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishi davom etmoqda. Yig`ilishda davlat rahbari talabalar yotoqxonasi mavzusiga ham to`xtalib o`tdi:

— 2021 yilda talabalar yotoqxonasi bo`yicha tizim yaratildi. Lekin, barcha hududlarda ham ishlar bir xilda olib borilmayapti, — dedi Prezident yig`ilishda.

Bugungi kunda ehtiyoji bo`lgan talabalarning 90 ming nafari yotoqxona bilan ta`minlangan, xolos. Misol uchun, 2022 yilda xususiy sherikchilik asosida 19 ming o`rinli 47 ta talabalar yotoqxonasini qurish belgilangan bo`lib, subsidiyalar uchun byudjetdan 180 milliard so`m ajratilgan.

Bugungi kunda Andijon, Samarqand va Toshkent shahridan tashqari boshqa hududlarda ish boshlanmagani tanqid qilindi.

Shuningdek, ijarada yashayotgan talabalarga 2022 yilda byudjetdan 120 milliard so`m subsidiyalar ajratilgan. Ya`ni, rektorlarga o`tgan ikki oyda 24 milliard so`m mablag` berilgan. Biroq, ushbu mablag`lardan atigi 5 milliard so`m ishlatilgan.

— Bir oy ichida o`zgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi, — dedi Prezident.

Qaysi oliygoh rektori yotoqxona qurilishining 50 foizini o`z oliygohi mablag`i hisobidan qilish tashabbusini bildirsa, qolgan 50 foizi byudjetdan qoplanishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar