AsosiySiyosat

Prezident Ukrainada qolgan talabalarni O`zbekistonga qaytarish masalasiga to`xtaldi

'Prezident Ukrainada qolgan talabalarni O`zbekistonga qaytarish masalasiga to`xtaldi'ning rasmi

Talabalar bandligini ta`minlash masalalariga bag`ishlangan yig`ilishda davlat rahbari yana bir dolzarb masalaga to`xtaldi:

— Bugungi kunda Ukraina oliygohlarida 370 dan ziyod yoshlarimiz ta`lim olmoqda va shundan 200 ga yaqini Vatanga qaytarildi. Qolganlarini ham yaqin 1 haftada qaytarish uchun barcha choralarni ko`rayapmiz, — dedi Prezident.

Ushbu talabalarning aksariyati tibbiyot, transport, aviasiya, iqtisodiyot, muhandislik, IT yo`nalishlarida o`qishmoqda.

Oliy ta`lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, viloyat hokimlari boshchiligida komissiya tashkil etilishi belgilandi.

Komissiya bir hafta muddatda Ukrainadan qaytgan talabalarni o`zimizdagi oliygohlarda o`qishini davom ettirishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.

Bunda, Komissiya o`qishni O`zbekistonda davom ettirish istagi bo`lgan talabalarni soddalashgan tartibda ko`chirishni hal etadi.

Yig`ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha rahbarlari va hokimlarning axboroti tinglandi.

    Boshqa yangiliklar