Eron poytaxti Tehronda "Fajr Open" xalqaro musobaqasi davom etmoqda. Bu haqda O`zbekiston taekvondo WT assosiasiyasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, o`zbekistonlik taekvondochi Shuhrat Salaev 80kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratib oltin medalga ega chiqdi.
Finalda hamyurtimiz eronlik Muhammad Hussayin Yazdanini 15:11 hisobida mag`lub etdi.






