"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Evropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o`rin olgan "Zalsburg"ga (7:1) qarshi o`yinda 3ta gol urdi.
Shu tariqa, 33 yoshli polshalik hujumchi 11 daqiqa ichida (12, 21 va 23-daqiqa) gollar urib, turnir tarixidagi eng tezkor het-trikni qayd etdi.
Avvalgi rekord ko`rsatkich 12-daqiqani tashkil qilgan edi.






