AsosiySiyosat

Biz Ukrainada Rossiyaga qarshi urush ochmaymiz – Bayden

'Biz Ukrainada Rossiyaga qarshi urush ochmaymiz – Bayden'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma`lum qilishicha, Qo`shma Shtatlar Ukrainada Rossiyaga qarshi harbiy harakatlar boshlamoqchi emas. Bu haqda TASS ma`lum qildi. 

"Biz Ukrainada Rossiyaga qarshi urush ochmaymiz. NATO va Rossiya o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri qarama-qarshilik uchinchi jahon urushidir va biz uni boshlamasligimiz kerak",  dedi Bayden. 

Shuningdek, Jo Bayden Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e`lon qildi: xususan, Rossiyadan alkogol, olmos va dengiz mahsulotlari importiga taqiq kiritilgan. Shuningdek, Qo`shma Shtatlar Rossiyani "eng qulay davlat" maqomidan mahrum qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar