AsosiyJamiyat
6758

Bortida portlovchi uskuna borligi taxmin qilingan EgyptAir samolyoti Urganchga favqulodda qo`ndi

Misrning EgypAir aviakompaniyasiga tegishli A-320-220 avialayneri Qohira-Pekin yo`nalishida (MS955 reysi) parvozni amalga oshirayotganda chorshanba kuni 8:00 da Urganch aeroportiga favqulodda qo`ndi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda

«O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, o`zbek aviasion hukumati bortda portlovchi qurilma borligi haqidagi ma`lumot munosabati bilan favqulodda qo`nishni amalga oshirish to`g`risidagi murojaatni qabul qildi.

Ayni paytda samolyot xavfsiz hududda. 17 ekipaj a`zosi va 118 yo`lovchi evakuasiya qilindi. Tegishli xizmatlar havo kemasini ko`rik va tekshiruvdan o`tkazmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda Urganch aeroporti samolyotlarni qabul qilish va jo`natish uchun yopilgan.

Boshqa yangiliklar