Turkmanistonda mahalliy vaqt bilan soat 17:00da navbatdan tashqari prezident saylovi ovoz berish uchastkalari yopildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
"“Turkmanistonda soat 17:00 ga qadar saylovchilarning 93,19 foizi prezidentlik saylovida ovoz berdi”, — deya xabar bermoqda Markaziy saylov komissiyasi.
Ma`lumot uchun, shanba kuni Turkmanistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida ovoz berish jarayoni boshlandi. Respublika prezidentligi uchun to`qqiz nomzod, jumladan, amaldagi prezidentning o`g`li, Turkmaniston hukmron Demokratik partiyasidan nomzod, vazirlar mahkamasi raisi o`rinbosari lavozimini egallab turgan Serdar Berdimuhamedov kurashmoqda. Mamlakat bo`ylab 2577 ta saylov uchastkasi ochilgan, 41 tasi respublika tashqarisida, shulardan uchtasi Rossiyada. Hammasi bo`lib 3,4 milliondan ortiq saylovchi ro`yxatga olingan.






