1

Luis Suares Samarqandga kelmagan

Sport 09.06.2016, 14:26
Teglar: Futbol
Luis Suares Samarqandga kelmagan

O`zbekistondagi bir qator nashrlarda Luis Suaresning Samarqandga kelgani haqida xabarlar tarqalib ketgandi. Shunga o`xshash xabarlar hamon atrofda tarqalmoqda.Mazkur xabarlar qanchalik rost ekanini tekshirish maqsadida Darakchi.uz nashri kichik izlanish olib bordi. 

Luis Suares bir yil avval, aniqrog`i 2015 yilning 1 aprel sanasida“Instagram”dagi sahifasiga oilasi bilan tushgan suratini yuklagan va ushbu suratga “Disfrutando el día hermoso con mis amores !!!! Los amo mucho” ya`ni “Ajoyib kunni sevimli insonlarim bilan o`tkazyapman !!!! Sizlarni yaxshi ko`raman” deya izoh bergan. 

Ushbu suratga izoh qoldirgan bir nechta foydananuvchilar bu Samarqand ekanini ta`kidlagan, ba`zilari esa buni rad etgan. Mana shu asossiz kommentlarga tayanib bir qator ko`zga ko`ringan nashrlar Suaresning Samarqandga kelgani haqida shov-shuv ko`targan. 

Ispaniyaning mashhur El Mundo Deportivo nashri Suaresning ushbu suratiga izoh berarkan, uning oilasi bilan Barselonadagi hayvonot bog`iga borganini ta`kidlaydi. 

“Urugvaylik futbolchi bo`sh vaqtidan unumli foydalanish uchun turmush o`rtog`i Sofiya Balbi hamda farzandlari Delfina va Benjamin bilan 1892-yilda qad rostlagan binolarda ko`zdan kechirdi”, – deydiladi El Mundo Deportivo chop etgan xabarda.

Luis Suaresning Samarqandga kelgani haqidagi xabar faqat mahalliy matbuotda tarqaldi. Xulosa qilib aytish mumkinki, agar u mamlakatimizga tashrif buyurganida, bu haqda ko`plab xorij nashrlari ham ma`lum qilgan bo`lardi.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1