AsosiySiyosat

Jidda Savdo-sanoat palatasi bilan aloqalarni yo`lga qo`yish masalalari muhokama qilindi

'Jidda Savdo-sanoat palatasi bilan aloqalarni yo`lga qo`yish masalalari muhokama qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Bosh konsulligida Jidda shahar Savdo-sanoat palatasi boshqaruvi kengashi raisi Muhammad Yusuf Nagi bilan muzokaralar o`tkazildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Uchrashuv avvalida O`zbekistonda xorijiy investorlarga yaratilayotgan sharoit va imtiyozlar, mamlakatimizning iqtisodiy va sayyohlik salohiyati, xususan respublikadagi erkin iqtisodiy hududlar to`g`risida batafsil so`zlab berildi.

Muloqot chog`ida Jidda shahrida O`zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko`rgazmasi, mamlakatimizning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamda turistik salohiyatlarining taqdimotlarini o`tkazish, o`zbek sa`nat ustalarining ijodiy safarlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

— Mamlakatlarimiz o`rtasida haftasiga bir marotaba muntazam avia qatnovlarning yo`lga qo`ylishi ikki davlat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda, - dedi Muhammad Yusuf Nagi. -  Kelajakda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va mavjud investisiya loyihalarini o`rganish maqsadida ikki davlat tadbirkorlarining o`zaro tashriflarini yanada faollashtirish  kerak.

Bo`lib o`tgan muzokaralar natijasida tomonlar Makka ishbilarmon doiralari vakillari o`rtasida O`zbekistondagi investisiya loyihalarini keng targ`ib etish to`g`risida kelishib oldi.

    Boshqa yangiliklar