1

Bahorgi holsizlik kasallik belgisi(mi?)

Salomatlik 23.03.2022, 16:52
Bahorgi holsizlik kasallik belgisi(mi?)

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi diabetologiya bo`limi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova bu savolga javob berdi. 

— Umumiy holsizlik bir qator infeksion va noinfeksion kasalliklarning ham ilk belgisi bo`lishi mumkin. Yuqumsiz endokrin (qandli diabetning ikkinchi turi) va xavfli o`sma kasalliklari, revmatizm, revmatoid artrit, tizimli qizil bo`richa, kamqonlik, yurak qon-tomir kasalliklari shular jumlasidan.

Bemor hayotiga xavf soladigan qandli diabetning ikkinchi turi (qondagi qand miqdorining oshib ketishi) ko`pincha 40 va undan katta yoshdagi kishilarda uchraydi. Bunga nasliy moyillik yoki noto`g`ri ovqatlanish, semizlik, kamxarakatlik, asabiy zo`riqish kabilar sabab bo`ladi.  

U yashirin kechadi, lekin bosh miya, ko`z tubi, yurak, buyrak, hamma yirik va mayda arterial qon-tomirlar shikastlanib boradi. Bu patologik jarayon yurak qon-tomir va buyrak etishmovchiligiga olib keladi.

Surunkali V va S virusli gepatitlar (jigar kasalliklari) esa yuqumli kasallik bo`lib, in`eksiya orqali, qon quyishdan, homilador onadan bolaga yuqishi mumkin. Xastalik yashirin kechgani bilan bemorda kundan-kunga umumiy holsizlik oshib boradi.

Agar sizni umumiy holsizlik yoki surunkali charchash sindromi bezovta qilsa, darhol vrachga murojaat qiling. Tibbiy ko`rik jarayonida shifokorlar umumiy holsizlik sabablarini aniqlashda yordam beradi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1