AsosiySiyosat

“Osiyo yuragi “yashil iqtisodiyot” va raqamlashtirishga quchoq ochmoqda”. Birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi BAA matbuotida e`tirof etildi

'“Osiyo yuragi “yashil iqtisodiyot” va raqamlashtirishga quchoq ochmoqda”. Birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi BAA matbuotida e`tirof etildi'ning rasmi

BAAning etakchi “Al Bayan” gazetasi sahifasida “Osiyo yuragi “yashil iqtisodiyot” va raqamlashtirishga quchoq ochmoqda” sarlavhali maqola bosilib chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Jurnalist Zyad Fouad qalamiga mansub ushbu maqola birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumining tafsilotlariga bag`ishlangan.

“Osiyo yuragi bo`lgan O`zbekiston sarmoyaviy siyosatni o`zgartirish, xorijiy kapitalni jalb qilish, mahalliy, qit`a va jahon brendlari darajasida yangi hamkorlikka intilish bo`yicha ulkan rejani qabul qilib, butun dunyo sarmoyadorlari uchun o`z quchog`ini ochdi. Birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumini tashkil etishdan ko`zlangan maqsad – O`zbekistonning o`zaro hamkorlik uchun dunyoga ochiqligini yana bir namoyon etish, xalqaro investisiya almashuvi uchun yangi ufqlarni yaratishdan iborat”, deb yozadi muallif.

Maqolada gazetxonlar e`tibori O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Toshkent xalqaro investisiya forumining ochilish marosimidagi nutqiga qaratilar ekan, davlatimiz rahbari forumda ishtirok etayotgan butun dunyo ishbilarmonlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini samimiy qutlab, o`z mamlakati mintaqa va dunyoga iqtisodiy jihatdan ochilishga intilayotgani, yangi strategiya va yondoshuvlarni amalga oshirayotgani, O`zbekiston Osiyoning yuragi o`laroq, turli sohalarda ko`plab sarmoyaviy imkoniyatlarga ega ekanligini alohida ta`kidlagani ma`lum qilingan.

Shu o`rinda O`zbekiston “Dubay Ekspo - 2020” Butunjahon ko`rgazmasida ilk bor ishtirok etib, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik uchun keng va xilma-xil investisiya imkoniyatlarini taklif etgani ham o`quvchilarning e`tiboriga havola qilingan.

Maqolada, shuningdek, so`nggi besh yilda O`zbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning natijalariga alohida o`rin berilar ekan, mamlakatga jalb qilingan xorijiy investisiyalarga doir yangi statistika raqamlari ham qalamga olingan.

    Boshqa yangiliklar