AsosiySiyosat

O`zbekiston va Avstriya o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi

'O`zbekiston va Avstriya o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi'ning rasmi

Bugun, 25 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Avstriya Respublikasining Evropa va tashqi ishlar federal vaziri Aleksandr Shallenberg ikki davlat o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o`zaro tabrik almashdi.

Abdulaziz Kamilov maktubida O`zbekiston Avstriyani Evropadagi asosiy hamkori deb bilishi hamda uzoq muddatli va ko`p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yo`lga qo`yishga katta ahamiyat qaratishi ta`kidlangan.

“Biz Avstriya bilan ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan, siyosiy, parlamentlararo, iqtisodiy va ta`lim sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz, – dedi O`zbekiston TIV rahbari.

O`z navbatida Aleksandr Shallenberg so`nggi yillarda o`zaro hurmat va do`stlikka asoslangan O`zbekiston-Avstriya munosabatlari ijobiy sura`t namoyon etib borayotganini ta`kidladi.

“Avstriya ishbilarmon doiralari O`zbekistonni mintaqadagi, ayniqsa, infratuzilmani rivojlantirish va yashil iqtisodiyotga o`tish nuqtayi nazaridan eng istiqbolli bozorlardan biri deb biladi”, — deyiladi Avstriya Tashqi ishlar vaziri maktubida.

    Boshqa yangiliklar