Vrach-dietolog, tibbiyot fanlari doktori Margarita Koroleva choyni qaynoq holatda ichish qizilo`ngach saratonini keltirib chiqarishi mumkinligini aytib o`tdi.
“Odamlar og`iz shilliq qavatini kuydirib issiq choy ichishadi. Bu holat har kuni davom etadi”, deydi dietolog.
Mutaxassisning aytishicha, og`iz shilliq qavatining issiq ichimlik orqali doimiy zararlashi onkologik kasalliklar rivojlanishiga sabab bo`lishi mumkin.
“Bu haqda o`z vaqtida AQShdagi saraton instituti ham gapirib o`tgandi. Oshqozon-ichak trakti, xususan, qizilo`ngach bilan bog`liq kasalliklarining oldini olish uchun issiq ichimliklar va taomlardan voz kechish JSST tavsiyalar ro`yxatida ham o`rin olgan”, deya qayd etdi shifokor.