AsosiyJamiyat

2010-2022 yillarda AQSh dollari va rublning o`zbek so`miga nisbatan qiymati qanday o`zgargan?

'2010-2022 yillarda AQSh dollari va rublning o`zbek so`miga nisbatan qiymati qanday o`zgargan?'ning rasmi

Doimiy e`tibor markazida va ayni kunlarning eng dolzarb mavzularidan biri bo`lgan dollar va rubl kurslarining o`tgan 12 yil davomida har yil so`mga nisbatan qanday miqdorlarda o`zgarib kelganiga e`tibor qaratib, mavjud ma`lumotlar asosida ushbu o`zgarishlarishlarni hisoblab chiqdik.

O`zbekistondagi valyuta bozori o`zgarishi 2 davrni o`z ichiga oladi: 2017 yil 5 sentyabrgacha bo`lgan davr va undan keyin. 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi prezident qarorining qabul qilinishi bilan “qora bozor” va rasmiy kursning 2 baravar farqlanishiga barham berilib, yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish hamda o`z mablag`larini o`zining xohishiga ko`ra erkin tasarruf etish huquqlarini ro`yobga chiqarish imkoni yaratildi.

Quyidagi jadvallarimizda dollar va rublning qanday foizlarda o`zgarganini bilib olishingiz mumkin:  

Yillar

1 AQSh dollarining o`zbek so`miga nisbatan qiymatining yillik o`zgarishi

 

(yanvar-dekabr)

Foizlardagi o`zgarish
20101 513,6 so`m – 1 640 so`m8,3 foiz o`sish
20111 640,55 so`m – 1 795 so`m9,4 foiz o`sish
20121 796,22 so`m – 1 984 so`m10,5 foiz o`sish
20131 985,46 so`m – 2 202,2 so`m10,9 foiz o`sish
20142 203,22 so`m – 2 422,4 so`m9,9 foiz o`sish
20152 424,23 so`m – 2 809,98 so`m15.9 foiz o`sish
20162 816,47 so`m – 3 231,48 so`m14,7 foiz o`sish

 

Yillar

1 AQSh dollarining o`zbek so`miga nisbatan qiymatining yillik o`zgarishi

 

(yanvar-dekabr)

Foizlardagi o`zgarish
20173 239,62 so`m – 8 120 so`mValyuta liberallashuvi davri
20188 136,67 so`m – 8 339,55 so`m2,5 foiz o`sish
20198 336,55 so`m – 9 507,56 so`m14 foiz o`sish
20209 507,56 so`m – 10 476,92 so`m10,2 foiz o`sish
202110 449,44 so`m – 10 837,66 so`m3,7 foiz o`sish
2022

10 819,67 so`m – 11 483,91 so`m

 

(yanvar-mart)

6,1 foiz o`sish

Rubl – so`m

Yillar

1 Rossiya rublining o`zbek so`miga nisbatan qiymatining yillik o`zgarishi

 

(yanvar-dekabr)

Foizlardagi o`zgarish
201050,14 so`m – 53,63 so`m7 foiz o`sish
201154,05 so`m – 57,43 so`m6,2 foiz o`sish
201255,79 so`m – 64,58 so`m15,8 foiz o`sish
201365,14 so`m – 67,49 so`m3,6 foiz o`sish
201467,46 so`m – 46,55 so`m-30 foizga pastlash
201543,11 so`m – 39,99 so`m-7,2 foizga pastlash
201638,62 so`m – 53,1 so`m37,5 foizga o`sish
201753,41 so`m – 139,3 so`mValyuta liberallashuvi davri
2018142,37 so`m  – 120,91 so`m-15 foizga pastlash
2019119,85 so`m – 153,17 so`m27,8 foizga o`sish
2020153,43 so`m – 141,27 so`m-7,9 foizga pastlash
2021140,45 so`m – 147,07 so`m4,7 foizga o`sish
2022

144,66 so`m – 118,85 so`m

 

(yanvar-mart)

-17 foizga pastlash

Yuqoridagi raqamlardan shunday xulosa qilish mumkinki, 2010-2017 yillarda AQSh dollari so`mga nisbatan 2 baravarga yoki 213 foizga, 2017-2022 yilning 1-choragigacha bo`lgan muddatda 1,4 baravarga yoki 141 foizga oshgan va hech bir yilda uning qiymati pastlamagan. (Oylarga bo`lib qaralsa, biroz qadrsizlanganini ko`rish mumkin. Lekin umumiy hisobda yil boshidan ohirigacha ko`tarilib borgan.)

Rublda esa yillar davomida nobarqarorlik kuzatilib, uning so`mga nisbatan qiymati keskin ko`tarilib yoki tushib ketganini ko`rish mumkin.

Bu rublda pul jamg`arish katta risk ekanligini ifodalaydi.

Raqam va ko`rsatkichlar O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Norma.uz ma`lumotlari asosida hisob-kitob qilindi.

 

                                Sardorbek Rahmonqulov

    Boshqa yangiliklar