AsosiySIYOSAT

Prezident Ismoil Jo‘rabekov vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi.

Jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi 94 yoshida vafot etdi.

Shavkat Mirziyoev jamoat arbobining vafoti yuzasidan uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.  

Bildirilishicha, atoqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Ismoil Hakimovich Jo‘rabekov shu yil 28 sentabr kuni 94 yoshida vafot etdi.

I.H.Jo‘rabekov 1931 yil 12 sentabrda Samarqand shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida muhandis-gidrotexnik mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olgan. Mehnat faoliyatini 1955 yilda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi 8-jamoa xo‘jaligida muhandis-gidrotexnik sifatida boshladi. Keyinchalik ushbu tumanda Sug‘orish markazi boshlig‘i, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Samarqand viloyati qurilish-montaj boshqarmasi boshlig‘i,  “Suvqurilish” tresti boshqaruvchisi, suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, melioratsiya va suv xo‘jaligi vaziri kabi mas’ul lavozimlarda samarali mehnat qilib, respublikamizda irrigatsiya va melioratsiya sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan.

Tashkiliy-xo‘jalik ishlariga rahbarlik qilish borasida  katta bilim va tajribaga ega bo‘lgan I.H.Jo‘rabekov 1985 yilda yanada mas’uliyatli vazifa – O‘zbekiston Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Vatanimiz istiqlolga erishganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida davlatimiz mustaqilligining ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, mamlakatimiz oldida turgan g‘oyat serqirra va keng ko‘lamli vazifalarni bajarish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatdi. Xususan, ijro hokimiyati institutlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, mahalliy hokimliklar ishini muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligida  islohotlarni amalga oshirish, fermerlik harakatini rivojlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasida tashkilotchilik va tashabbuskorlik fazilatlarini namoyish etgan.

I.H.Jo‘rabekov Davlat suv nazorati boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimlarida ham samarali faoliyat olib borgan.

Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarimizni amalga oshirishda I.H.Jo‘rabekov, motabar yoshda bo‘lishiga qaramay, suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi sifatida xizmat qilib, o‘zining boy bilim va tajribasi, qimmatli maslahatlari bilan sohani rivojlantirish, yosh kadrlarni tarbiyalash ishlarida faol ishtirok etgan.

I.H.Jo‘rabekovning xalqimiz va Vatanimiz oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator” faxriy unvoni,  “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik”, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.      

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev: Rossiya O‘zbekiston uchun vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchidir'ning rasmi

    SIYOSAT 05.06.2026 15:53

    Mirziyoyev: Rossiya O‘zbekiston uchun vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchidir

    Davlat rahbari so'nggi o'n yilda ikki davlat o'rtasidagi tovar ayirboshlas hajmi 4 milliard dollardan 13 milliard dollargacha oshganini ma'lum qildi.

    'Mirziyoyev va Putin Sankt-Peterburgda uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT 05.06.2026 03:14

    Mirziyoyev va Putin Sankt-Peterburgda uchrashdi

    Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildi.

    'Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT 04.06.2026 16:13

    Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi

    Suhbatda milliy yadro energetikasi infratuzilmasini rivojlantirish va sohada kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

    'Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT 04.06.2026 05:18

    Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri bilan uchrashdi

    Muloqot chog‘ida O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ham muhokama qilingan.

    'BMT rasmiysi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori baholadi'ning rasmi

    SIYOSAT 03.06.2026 06:28

    BMT rasmiysi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori baholadi

    Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya sessiyasida ishtirok etayotgan yuqori darajadagi delegatsiya hamda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni takomillashtirishga bag‘ishlangan ma’ruza mazkur xalqaro forumga tayyorgarlik ishlari uchun mustahkam asos yaratadi.

    'Saida Mirziyoyeva YEXHT bosh kotibi bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT 03.06.2026 04:13

    Saida Mirziyoyeva YEXHT bosh kotibi bilan uchrashdi

    Qayd etilishicha, suhbat avvalida Feridun Sinirlio‘g‘li O‘zbekistonga yaqinda amalga oshirgan tashrifi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini iliq taassurotlar bilan yodga olgan.