1

7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va bitimlar imzolandi — 56 davlat investorlarini chorlagan birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi yakunlari

Iqtisodiyot 28.03.2022, 11:20
7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va bitimlar imzolandi — 56 davlat investorlarini chorlagan birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi yakunlari

Poytaxtda 1-Toshkent xalqaro investisiya forumi (TXIF) o`z ishini yakunladi. Tadbir 2 mingdan ortiq ishtirokchilarni – jahonning 56 mamlakatidan yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlarni birlashtirgan biznes dunyosidagi muhim voqeaga aylandi.

Forum doirasida Savdo, iqtisod, investisiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar masalalari bo`yicha O`zbekiston va Saudiya Arabistoni o`rtasidagi hukumatlararo komissiya 5-yig`ilishi, “Sanoat kooperasiyasi. Yangi imkoniyatlar” O`zbekiston-Xitoy investisiyaviy forumi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari rahbarlari va rivojlanish bo`yicha hamkorlar ishtirok etgan O`zbekiston uchun “mamlakat platformasi” bo`lib o`tdi. 

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, Forum yakunlari bo`yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investisiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo`yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

“TXIF o`zini mintaqalararo va xalqaro aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish uchun keng ko`lamli muloqot platformasi sifatida namoyish etib, mamlakatlararo va mintaqalararo investisiyaviy va tashqi iqtisodiy hamkorlikning kuchli katalizatoriga aylandi.

Forum O`zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, mintaqa tadbirkorlari va xorijiy ishbilarmon doiralar o`rtasida to`g`ridan to`g`ri aloqalarni o`rnatish maqsadida ularni qiziqtirgan yo`nalishlarni kashf etish uchun doimiy maydonchaga aylanishi kutilmoqda", - deyiiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1