Avval xabar qilganimizdek, bugun Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan O`zbekistonga keladi. O`zbek matbuotida Turkiya rahbarining maqolasi e`lon qilindi.
"Turkiya va O`zbekiston o`rtasida biz “qardoshlik rishtalariga asoslangan strategik sheriklik” deb ta`riflagan aloqalarimiz o`zaro ishonch muhitida har sohada tobora chuqur ildiz otib rivojlanmoqda. Ikki mamlakat o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatilganining 30 yilligini 2022 yil 4 mart kuni nishonladik.
Uzoq davom etgan sog`inch va ayriliqdan keyin o`z davlatiga va bayrog`iga ega bo`lgan O`zbekiston mustaqilligini tan olgan ilk davlat bo`lganimizdan faxrlanamiz. Toshkent shahrida birinchi elchixona Turkiya tomonidan ochilganida Sovet Ittifoqi davrida Tashqi ishlar vazirligi joylashgan binoning Turkiya elchixonasiga berilganligini O`zbekistonning ham Turkiyaga alohida mehrining bir nishonasi deb bilamiz.
Tarixiy Ipak yo`lining bardavom bo`lishiga g`amxo`rlik qilib, xalqaro savdo va madaniy hamkorlikning rav- naq topishiga ulkan hissa qo`shgan Ota yurtimiz O`zbekiston davlati ko`hna Turkiston zaminida barpo bo`lib, jahon tamaddunining shakllanishini belgilab bergan boy siyosiy, iqtisodiy va madaniy tajribaga egadir.
Nafaqat turk-islom sivilizasiyasi, balki butun insoniyatning mushtarak madaniy xazinasiga ham beqiyos da- rajada hissa qo`shgan Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Mirzo Ulug`bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkir va allomalar qoldirgan asarlar bizni bir-birimizga yaqinlashtiradigan umumiy merosiy boyligimizdir.
O`zbekiston chuqur tarixiy o`tmishi va davlatchilik an`analari, Marka- ziy Osiyo aholisining qariyb yarmini tashkil etuvchi 34 milliondan ortiq yosh va dinamik aholisi, Osiyo qit`asining yuragida joylashganligi, boy tabiiy resurslari va barakotli zamini bilan o`z mintaqasida va undan tashqarida etakchi bo`lishga qodir davlatdir.
O`zbekistonda “Yangi O`zbekiston” va “Uchinchi Renessans” konsepsiyalarida o`z ifodasini topgan, aziz birodarim Prezident Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylarining oqilona yo`lboshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar siyosati nafaqat O`zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda hayrat bilan kuzatib borilmoqda.
Biz O`zbekistonning Afg`onistondagi insoniy fojialar asoratlarini kamaytirishda o`z zimmasiga olgan etakchilik rolini yuqori baholaymiz. Biz Termiz shahrining Afg`onistonga insonparvarlik yordamlarini etkazishda barcha xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT uchun logistika markaziga aylanganini qo`llab-quvvatlay- miz. O`zbekistonning Markaziy Osiyoda va undan tashqarida yaratmoqchi bo`lgan farovonlik va barqarorlik kamari doirasida ilgari surgan o`zaro bog`- liqlik konsepsiyasiga biz ham katta baho berganimizni alohida ta`kidlashni istayman.
Prezident Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylarining 2017 yilda Turkiyaga qilgan tashriflari bilan strategik sheriklik darajasiga ko`tarilgan mu- nosabatlarimiz 2020 yilda o`tkazil- gan Oliy darajadagi Strategik Ham- korlik Kengashi yig`ilishi bilan yana bir pog`onaga ko`tarildi.
O`zbekistonga 2022 yil 29-30 mart kunlari amalga oshiradigan davlat tashrifimiz doirasida Oliy daraja- dagi Strategik Hamkorlik Kengashining ikkinchi yig`ilishini o`tkazib, ikki qar- dosh davlat o`rtasidagi aloqalarning yanada yuqori bosqichga ko`tarilishiga muhim hissa qo`shishimizga ishonaman.
Muzokaralarimiz doirasida ikki to- monlama hamkorligimizni energeti- kadan qishloq xo`jaligigacha, sanoatdan madaniyatgacha, yoshlar masalalaridan atrof-muhit masalalarigacha bo`l- gan ko`plab sohada siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ijtimoiy jihatlarini mu- hokama qilamiz, imzolaydigan ikki tomonlama shartnomalar bilan esa aloqalarimizning huquqiy zaminini yanada mustahkamlab olamiz.
Fuqarolarimizni hozirgi qayta yuk- salish davrida O`zbekistonni kelib ko`rishga, bu davlatga sarmoya kiritishga va bu davlat bilan munosabatlarimiz- ning har sohada rivojlantirilishiga o`z hissalarini qo`shishga chaqirmoqda- miz. Tadbirkorlarimiz tomonidan O`zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar bizni faxrlantirishi bi- lan birga o`zaro savdo aylanmasini harakatlantiruvchi kuch hamdir.
Darhaqiqat, 2017 yildan buyon siyosiy sohada jadallik bilan tash- langan qadamlar qisqa vaqt ichida savdo va sarmoya sohasida ham o`z ifo- dasini topdi. Biz o`zaro savdo hajmini 5 milliard dollarlik marraga etka- zish sari qat`iy odimlarimizni tash- lamoqdamiz. Butun jahonni o`z domiga olgan pandemiyaning salbiy oqibatla- ri eng kuchli sezilgan 2020 yilni mus- bat ko`rsatkichlar bilan yakunlagan ikki davlatning savdo hajmi 2021 yilda 3,6 milliard dollardan oshib ketdi.
Qolaversa, import va eksport ko`r- satkichlarining bir-biriga juda yaqin bo`lishi ham savdo aloqalarimizning bir-birini to`ldiruvchi va qo`llab- quvvatlovchi mohiyatda ekanligini ko`rsatadi. 2022 yilda ham ikki to- monlama savdo aylanmasida rekord natijalarga erishishimizga to`liq ishonaman.
Turkiya “Osiyo asri”da bu qadi- miy qit`a bilan aloqalarini “Yana Osiyo” shiori ostida keng qamrovda olib borayotgan hozirgi davrda biz qardosh O`zbekiston bilan munosa- batlarni har sohada chuqurlashti- rish siyosatini ko`proq o`rtamizdagi azaliy rishtalar va umumiy tarix elkalarimizga yuklagan mas`uliyat, deb bilamiz.
Qardosh O`zbekiston bilan kelajagimizni birgalikda qurish yo`lidagi sa`y-harakatlarimiz butun insoniyatga farovonlik keltirishi- ga ishonamiz. O`zaro hurmat va ishonch asosida chuqurlashib borayotgan ham- korligimiz bundan keyin ham shunday jadal sur`atlar bilan rivojlanib borishini tilagan holda, xalqim nomidan o`zbek birodarlarimizga eng samimiy salom va ehtiromlarimni izhor etaman", - deyiladi Erdog`an mulohazalarida.