AsosiySiyosat

Ko`ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoev va Rejep Tayyip Erdog`an tor doirada muzokaralar o`tkazdi

'Ko`ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoev va Rejep Tayyip Erdog`an tor doirada muzokaralar o`tkazdi'ning rasmi

Ko`ksaroy qarorgohida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an tor doirada muzokaralar o`tkazdi.

Etakchilar O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi o`zaro hurmat, do`stlik va ishonchga asoslangan ko`p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvda asosiy e`tibor strategik sheriklik munosabatlar darajasini yuksaltirish, ikki mamlakat o`rtasidagi siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalariga qaratildi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. Hukumatlar, vazirlik va idoralar, hududlar darajasida doimiy muloqotlar yo`lga qo`yilgan. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.

Shavkat Mirziyoev va Rejep Tayyip Erdog`an kooperasiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirish orqali savdo-iqtisodiy va investisiyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish O`zbekiston va Turkiya hamkorligining muhim yo`nalishi ekanini qayd etdilar.

Shu ma`noda, mamlakatlarimizning katta salohiyati va imkoniyatlarini, shu jumladan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya mexanizmidan faol foydalanish orqali ro`yobga chiqarish zarurligi ta`kidlandi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashar ekanlar, mamlakatlarimizning pozisiyalari o`xshash ekanini qayd etdilar. Ko`p tomonlama xalqaro institutlar doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar