1

Telegram`ni buzib kirishdan himoyalashni bilasizmi?

Hi-tech 16.06.2016, 12:38
Teglar: Ijtimoiy tarmoqlar
Telegram`ni buzib kirishdan himoyalashni bilasizmi?

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ommabop messenjer Telegramni ham buzib kirib, undagi shaxsiy xabarlarni o`qish mumkinligi haqida ma`lumotlar paydo bo`ldi. Quyidagi tavsiyalar yordamida siz o`z Telegram sahifangizni buzib kirishdan himoya qilishingiz mumkin: 

1. Telegram mobil mijozini oching. U erdan Settings punktini toping. 

2. Boshqa sahifadan Privacy va Security punktlarini toping. 

3. Privacy va Security bo`limlarida bizga Security bo`limi kerak. Birinchi navbatda Two-Step Verification punktini topamiz va qo`shimcha parol o`rnatamiz. Qo`shimcha parol sizning Telegram sahifangizni yanada ishonchliroq qiladi. Ya`ni siz boshqa qurilmadan telegramga kirmoqchi bo`zlganingizda, faqat sms orqali jo`natilgan parolni emas, balki qo`shimcha parolni ham kiritishingizni so`raydi. Turgan gapki, uni sizdan boshqa hech kim bilmaydi, natijada esa telegram sahifnagizni hech kim buzib kirolmaydi. 
  
4. Endi esa Active Sessions punktiga ahamiyat bering. Uning yordamida siz telefon raqimingizdagi telegram ishlayotgan barcha qurilmalarni ko`rishingiz va ortiqchasini o`chirishingiz mumkin.

Ro`yxatda mijoz ismi, IP-manzili va so`nggi marta Telegramdan foydalangan sana ko`rsatiladi.

Mazkur ma`lumotlarni ko`zdan kechiring va ortiqchasini o`chirib yuboring.

Sharhlar

O`zbekistonda ba`zi ijtimoiy tarmoqlar vaqtincha cheklandi. Ular orasida Twitter, TikTok va “VKontakte” ham bo`lishi mumkin

02.07.2021, 17:11

“O`zkomnazorat” Axborot xizmati xabariga ko`ra, ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyati O`zbekiston hududida cheklandi.Xabarda aytilishicha, “Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O`zbekiston fuqarolarining shaxsga doir...
Jonli efirdagi o`lim: opa-singil mudhish YTHda halok bo`ldi (Video)

30.06.2017, 16:38

Ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaning Xarkov shahri yaqinida 29 iyun kuni opa-singil ishtirokida sodir bo`lgan YTH aks etgan video paydo bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Avtofalokatda halok...
​Facebook asoschisi akkauntlar soni 2 milliardga etganini ma`lum qildi

28.06.2017, 15:16

Facebook ijtimoiy tarmog`i asoschisi Mark Sukerberg undagi akkauntlar soni 2 milliardga etganini ma`lum qildi.RIA Novostining xabar berishicha, bu haqda Sukerbergning o`zi sahifasida yozib qoldirgan.Bu ko`rsatkichni...
​Ijtimoiy tarmoqlarda Bryus Lining haqiqiy jangi aks etgan video paydo bo`ldi (Video)

14.06.2017, 12:07

Ijtimoiy tarmoqlarda Bryus Lining aralash jang san`ati qoidalariga asosan o`tkazilgan, yagona va haqiqiy jangi aks etgan video paydo bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri. Mazkur...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1