Haydovchilarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida shunday tartib o`rnatilyaptiki, unga muvofiq:
- tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`i nazar, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha ta`lim muassasalari va imtihon markazlariga faoliyatni amalga oshirish uchun lisenziya Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi;
- avtomaktablarning innovasion pedagogik texnologiyalarga asoslangan o`quv dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning o`qituvchi, haydovchi-yo`riqchi va murabbiylarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga doir:
Yo`l harakatini tashkil etish to`liq raqamlashtiriladi — Prezident Qarori
Har bir yo`l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi